Новости

"Kambag‘al oilalarga berilgan yordam — kelajak investitsiyasi"

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida joylarda olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Deputatlar esa ushbu jarayonni o‘rganib, xalq manfaatini himoya qilishda faol ishtirok etmoqda.
Xalq deputatlari G`ozg`on shahar Kengashi deputati R.Jo`rayeva o‘z saylov okrugidagi kam ta’minlangan oilalar holatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida ayrim oilalarga
homiylar tomonidan uy-joy ta’mirlashda yordam ko‘rsatilgani, ba’zilariga esa tomorqa xo‘jaligi uchun kerakli narsalar, issiqxona
uchun kerakli mahsulotlar va parrandachilikni yo`lga qo`yish uchun shart-sharoitlar yaratib berilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday ko‘maklar oilalarning daromad manbalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Har bir berilgan yordam — bu faqat bir kunlik emas, balki uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashdir. Zero, oila o‘z mehnati bilan daromad topishni boshlasa, bu kelajak avlod uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.
   

Slide 1 of 7