Vatan uchun, millat
uchun, xalq uchun
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Ko‘mirchi mahallasida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan mehnat faxriysi T.Tojiev, tuman Kengash deputatlari R.Uzaqov va A.Yursunovlar yurtimizda so‘ngi yillarda inson qadrini ulug‘lash va manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tishib, mahalla ahlini bayram bilan muborakbod etdilar. Bayram tomoshalarida namoyish etilgan sport ustalari, chempionlarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.