Новости

Deputat so'rovi yuborildi

📝Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Ishpo'latov tomonidan Bandixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Q.Sariyevga deputat so‘rovi yuborildi

Bandixon tumanidagi maktablarda yoshlarning madaniy kamoloti va milliy musiqa cholg‘ularini o‘rganish holati yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiriga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Prezidentimizning PQ-112-sonli qarori ijrosini tumanda qay darajada ta’minlanayotganini tahlil qilish.

So‘rovda quyidagi masalalarga aniqlik kiritish so‘raldi:

Maktablarning milliy musiqa cholg‘ulari va nota to‘plamlari bilan ta’minlangani;

Musiqa fani o‘qituvchilarining malakasi va mahorati;

To‘garaklar faoliyatidagi muammolar va ularning yechimi.

Ushbu masala yuzasidan mutasaddining hisoboti xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida eshitilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 1