Новости

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Xaitboyev, tuman Kengashi raisi O.Isanov hamda deputatlar A.Amanlikov va A.Ibadullayevlar tomonidan “Ijodkor” mahallasida kanalizatsiya quvurlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi kanalizatsiya tarmog‘ining texnik holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar atroflicha ko‘rib chiqildi. Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholining sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash hamda infratuzilma tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5