Mazkur tanlov doirasida hududlarda faol tadbirkorlik yuritayotgan xotin-qizlarning ish tajribasi, tashabbuskorligi va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki tuman deputatlari Xurshid Jo‘raxolov, Akrom Bo‘tayev hamda Xusnara Berdiyarovalar tomonidan o‘rganildi
Jumladan, “Ijodkor” mahallasida tadbirkorlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan Aliyeva Gulnoraning ish faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. U tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan ish o‘rinlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda mahalla ijtimoiy hayotidagi ishtiroki alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va faoliyatini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.