Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashidagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisida deputatlar hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan 2025- yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi, “2030 -yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish” Konsepsiyasiga oid 2025-yil 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sho‘rchi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Shaymardanov Usmon Turapovichning hisoboti eshitildi.
Mazkur masala dastlab O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhida yig‘ilishida atroflicha muhokama qilingan edi. Shundan kelib chiqib, 2025- yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi, “2030 -yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish” Konsepsiyasiga bajarilishi bo‘yicha haqiqiy holatni o‘rganish, aholining fikr-mulohazalarini eshitish maqsadida hududlarda ham o‘rganishlar olib borildi.
Yig‘ilishda deputatlar tomonidan 2025- yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi, “2030 -yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish” Konsepsiyasiga oid 2025-yil 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sho‘rchi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Shaymardanov Usmon Turapovichning hisoboti o‘rganilib, Atrof muhitni asrash va uni muhofaza qilishga doir yo‘l qo‘yilgan kamchilik va bo‘shliqlarni to‘ldirish, jumladan, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalar, tashkilotlarga ta’sir choralarini kuchaytirishga takliflar berildi.
Sho‘rchi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i hisoboti tumanimizda atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot”yili deb e’lon qilindi. 2025- yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston -2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot”yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-16-sonli Prezident farmoni tasdiqlangan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha:
2025- yil 10 oyi davomida tabiatni muhofaza qilish sohasiga oid qonun va qonun osti hujjatlari talablari buzilishi natijasida 206 nafar huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga asoslangan holda ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, 284 mln. 144 ming so‘m miqdorida jarimalar belgilandi.
Jumladan, Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasiga oid huquqbuzarlik holati uchun 51 nafar huquqbuzarga nisbatan 13 mln. 200 ming so‘m, suv resurslarini ifloslantirganligi uchun 5 nafar huquqbuzarga nisbatan 8 mln. 900 ming so‘mlik, yerlarni ifloslantirganlik va keng tarqalgan foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha 19 nafar huquqbuzarga nisbatan 81 mln. 750 ming so‘m, Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha 66 nafar huquqbuzarga nisbatan 27 mln. 750 ming so‘m, o‘simlik va hayvonot dunyosidan noqonuniy foydalangan 19 nafar huquqbuzarga nisbatan 141 mln. 541 ming so‘m ma’muriy jarimalar belgilandi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish ustivor vazifalar bo‘yicha:
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-yilning bahorgi ko‘chat ekish mavsumlarida jami 775 ming tup ko‘chat va qalamchalar ekilishi belgilab olingan bo‘lib, amalda ko‘chat ekish mavsumlarida jami 801 mingg tup ko‘chat va qalamchalar ekilib, rejaga nisbatan 103,35 foizga bajarildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan yaratilgan “Yashil makon” elektron platformasiga davlat inspektorlari tomonidan ko‘chatlar ekilgan joylarga chiqqan holda, haqiqiy holatni o‘rganib elektron platformaga kiritib borilmoqda va doimiy parvarishlash uchun mas’ul shaxslar biriktirildi.
Shuningdek, davlat inspektorlari tomonidan 2025-yil davomida ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanligini saqlab qolish yuzasidan Farmoyish asosida biriktirilgan mas’ul mansabdor shaxslarga davlat inspektorlari tomonidan 78 ta ko‘rsatmalar berildi.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-sonli qarori ijrosi yuzasidan aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha qamrab olish darajasi 83,3 foizga etgan.2026-yil bu kursatgichni 100 %ga yetkazish o‘stida ishlashimiz talab etiladi sababi tuman hududidagi barcha mahallarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmas ekanmiz chiqindilardan butkul holi bo‘lishni imkoni bo‘lmaydi .
Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha:
Tumanda ishlab chiqarish sanoat korxonalaridagi chang-gaz tozalash uskunalarining
60-70 foizi ma’nan eskirgan samaradorligi past bo‘lgan chang-gaz tozalash uskunalaridan foydalanib kelingan.
Sanoat korxonalarida chang-gaz tozalash uskunalarining samaradorligini oshirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2022-2024- yillarda Respublikadagi yirik sanoat korxonalarida chang-gazlarni tutib qolish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar” Dasturi tasdiqlandi.
Dasturga asosan, viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan 14 ta korxonalar tomonidan 8 ta chang-gaz tozalash uskunalarini yangisiga almashtirish yoki modernizatsiya qilish belgilangan.
Mazkur dastur ijrosi yuzasidan tumanidagi Bobur mahallasi hududida joylashgan "Sho‘rchi don mahsulotlari " AJ lar tomonidan foydalanishda bo‘lgan 1 ta chang gaz tozalash uskunalarini rekonstruksiya qilish orqali tozalash samaradorligi 99 %ga yetkazildi. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi evaziga atmosfera havosiga tashlanadigan 50 tonna changi ushlab qolinishiga erishildi.
Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat ekologiya boshqarmasining qo‘shma kelishuviga asosan 2025-yil 10 oyligida tumanimizda “Toza havo” tadbiri oyligi o‘tkazildi. Mazkur tadbir davomida tumanimizdagi 54 dona transport vositalari maxsus uskunalar yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbir davomida 35 dona transport vositalaridan atmosfera havosiga belgilangan meyor talablaridan yuqori tashlamalar chiqarish holatlari aniqlanib, ushbu transport vositalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish holati bo‘yicha:
Tuman hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soy o‘zanlarida mavjud bo‘lgan shag‘al-tosh xom ashyosidan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi “Ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3841-son va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qarorilariga muvofiq Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi huzuridagi “Xavfsiz Daryo” DUK tomonidan koordinatali loyihalar ishlab chiqilib, elektron-onlayn savdo maydonchasi orqali berilishi belgilangan. “Xavfsiz daryo” DUK bilan 1 ta tadbirkorlik subyekti shartnoma rasmiylashtirgan. Davlat inspektorlari tomonidan 2025 yil 10 oyligi davomida 6 nafar shaxslar tomonidan daryo va soylardan noqonuniy qum-shag‘al olish holatlari aniqlanib 8 mln 50 ming so‘m ma’muriy jarimalarga tortildi.
Suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlari ijrosi yuzasidan Bandixonsoyining suvni muhofaza qilish zonalari xatlov qilinib, yerdan foydalanuvchilarni aniqlash maqsadida elektron karta yaratish va inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari olib borildi va elektron karta yaratilib, viloyat xokimining 2022-yil 13-dekabrda 668-8-0-Q/22-son qarori bilan Bandixonsoyining muhofaza hududi belgilandi. Davlat inspektorlari tomonidan 2025-yil 10 oyligi davomida 6 nafar shaxslar tomonidan suvlarni ifloslantirish holatlari aniqlanib,
7 mln 100 ming so‘m ma’muriy jarimalarga tortildi.
Targ‘ibot va tashviqot ishlari bo‘yicha:
Tumandagi tashkilot va korxonalarda ta’lim massasalarida ekologik muammolarni hamkorlikda bartaraf etish maqsadida 2025-yil 10 oyligi davomida 42 ta mahallalarida, tumandagi tashkilot, korxonalarda turli mavzularda ma’ruza va suhbatlar o‘tkazilib, bunga 865 dan ortiq tinglovchilarning ekologik bilimlari oshirishga erishildi.
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik Respublika, viloyat teleradiokompaniyalari orqali To‘la va Kushon mahallalarida “Yashil makon” loyixasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan chiqishlar qilindi. 2025-yil 10 oyligi mobaynida jami 4 dan ortiq chiqishlar qilindi.
Matbuot nashrlari orqali jami 3 ta atrof muhitni muhofaza qilish mavzularida maqolalar chop ettirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan sohaga oid Farmon, Farmoish, Qaror va topshiriqlarning mazmun mohiyati yuzasidan jami 3 ta radio eshtirishlar tayyorlanib efirga uzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmonida berilgan topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha
Mazkur Farmon bo‘yicha “Yashil bog‘”, “Yashil jamoat park” hamda “Mening bog‘im” loyihasi asosida bog‘ tashkil etildi;
Tumanning “Kushon ” mahallasi hududida ochiq budjet ovoz yig‘ish orqali “Mening bog‘im” loyihasi asosida bog‘ tashkil etildi. "Sho‘rchi don mahsulotlari" AJ o‘z mablag‘lari hisobidan 1,0 gektar maydoniga 1,00 ming dona ko‘chatlar ekib “Yashil belbog‘” barpo etilgan.
Muhokamalar davomida deputatlar atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish borasidagi kamchiliklar va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalarga urg‘u berdi. Shuningdek, bir qator munozarali savollar va takliflar o‘rtaga tashlandi.
Jumayeva Feruza Xurramovna, tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya kotibi:
- Sho‘rchi tumani atrofidagi issiqxonalar hamda hammomlarning havoni ifloslantirishiga chek qo‘yish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?
Ekologiya boshlig‘i:
- Bu muammo haqiqatan ham tezkor choralar ko‘rishni taqozo etmoqda. Biz tadbirkorlar bilan ishlab, qisqa muddatlarda filtrlar o‘rnatilishiga choralar ko‘rilishiga harakat qilamiz.
Babanazarova Ma’rifat Turdiyevna, O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi:
-Yuqorida qayd etilgan holatlarni oldini olish uchun maishiy va boshqa turdagi chiqindilarga nisbatan bo‘lgan aholining fikri va harakatini o‘zgartirish maqsadida biz yoshlarni bog‘cha va maktab davridan tarbiyalab ularga chiqindilarni betartib joylashtirish oqibatida suvlarni ,atmosfera havosini ifloslanishida kelib chiqadigan salbiy oqibatlarni ongiga singdirib borishimiz lozim.
Xalq vakillari tomonidan Sho‘rchi tumani atrof-muhit muhofazasi, atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni ilmiy tahlillar asosida o‘rganish hamda keng jamoatchilikning takliflaridan kelib chiqqan holda atmosfera havosi sifatini kerakli meyorlarda ta’minlash yuzasidan kompleks chora- tadbirlarni belgilash va amalga oshirish lozimligi alohida qayd etildi.
Savol-javob va munozaralarga boy bo‘lgan majlisda deputatlar tomonidan bo‘limi boshlig‘ining hisoboti ma’lumot uchun ma’qullandi hamda atrof-muhit muhofazasi, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olishga qaratilgan tegishli qaror qabul qilindi.