O‘tgan hafta S.Ayniy mahallasida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tashabbusi bilan 120 ta manzarali va ko‘p yillik ko‘chat ekilib, hududda “Deputatlar bog‘i” barpo etilgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu ezgu tashabbus izchil davom ettirilib, qo‘shimcha 400 ta ko‘chat olindi. Shundan bugun deputatlar tomonidan 100 ta ko‘chatlar ekildi. Natijada bog‘dagi yashil hudud yanada kengaydi, ekilgan daraxtlarning umumiy soni sezilarli ravishda oshdi.
Mazkur ekologik tashabbus hududning ko‘rkini oshirish, chang-g‘ubor va shovqindan himoya qilish hamda aholiga qulay yashash muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan bunday xayrli ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.