🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-151-son Farmoniga muvofiq Bo‘stonliq tumanining “Bo‘ston” mahallasida “Titan Maxima” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatlari o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida ko‘p qavatli uy-joylar atroflarini obodonlashtirish, piyoda yo‘laklarini ta’mirlash kabi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga so‘rov yuborishga kelishildi.