Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Jamuradov Jaloliddin saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda keng jamoatchilik, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda turli sohalar vakillari ishtirok etdi.
Deputat ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, viloyat va tumandagi dolzarb masalalar hamda Kengash faoliyati bo‘yicha atroflicha axborot berdi.
Uchrashuv savol-javoblarga, ochiq munozara va fikr almashuvlarga boy bo‘ldi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi. Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan murojaatlar yozma ravishda qabul qilinib, ularni hal etish maqsadida tegishli tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini o‘rganish va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi