Новости

Deputat faoliyatidan

Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari J.Xojiboyev, A.Sultonov va faol nuroniylardan tuzilgan Ishchi gurux vakillari mutassadi tashkilotlar mas’ullari bilan hamkorlikda tumandagi Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish, mavsum uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi holati jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi. Bunda
"Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi"dagi go'sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e'tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida Ishchi gurux vakillari
bozor ma'muriyati hamda tadbirkorlarga bozorda oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘l bo‘yi va yo‘laklarda sanitariya talablariga zid ravishda sotilmasligi, go‘sht do‘konlarida sotuvchilar maxsus kiyimsiz mijozlarga xizmat ko‘rsatmasligi kerakligi bo`yicha o‘z tavsiyalarni aytib o‘tdi. Shuningdek o‘rganishlar davomida jamoatchilik vakillari tomonidan mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi. 

Slide 1 of 7