Новости

Sho‘rchi tumani “Tamshush” mahallasi aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik.

Sho‘rchi tumani “Tamshush” mahallasi aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik.

       Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi tashabbusi bilan 2025 -yil 14-avgust kuni tuman tibbiyot birlashmasi birlashmasi tomonidan Sho‘rchi tumani “Tamshush” mahallasida ehtiyojmand oilalar a’zolari, ayollar va bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Xalq deputatlar tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Mamashukurov hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengani raisi,deputati B.Rajabovlar bepul tibbiy ko‘rikda ishtirok etishdilar.

Ko‘rik jarayonida aholi va 20 nafar nogironlar malakali shifokorlar tomonidan yurak-qon tomir tizimi, ko‘z, bolalar salomatligi, ginekologik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruvlardan o‘tkazilib, zarur maslahat va tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Ushbu tadbir aholining salomatligini mustahkamlash, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar salomatligini yaxshilash, profilaktika qilish va kasalliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Nogironligi bo‘lgan fuqoralarni uyma uy yurib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston XDP Sho‘rchi tumani
Kengashi raisi, deputat B.Rajabov  

Slide 1 of 1