Новости

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashiga 16-Birlashgan saylov okrugidan saylangan deputat G.Suvanqulova hamda 17-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat R.Tashpo'latovlar tumanning "Birlashgan" va "Paxtakor" mahallalaridagi 5-sonli umumtaʼlim hamda 18-sonli umumtaʼlim maktablarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o'rgandi.

Respublika budjetidan "Birlashgan" mahallasidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabining kapital remonti uchun 2025-yilda 10 mlrd soʻm pul mablagʻ ajratilgan bo'lib, hozirgi kunda maktab filialini qayta qurilish ishlari boshlangan va maktabning 90 foiz qurilishi yakuniga yetkazilgan. Quruvchilar tomonidan joriy yilning 15-avgust sanasiga maktabda qurilish ishlari yakunlanishi haqida ma'lum qilindi.

"Paxtakor" mahallasidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabining yangi o'quv yiliga ilk bor maktabga keluvchi o'quvchilar uchun sharoitlar yaratilganligi va maktab o'quv yiliga tayyorligi aniqlandi.

Slide 1 of 7