Новости

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Feruza Salomova tumandagi "Quyosh" mahallasida faol fuqarolar va mahalla yettilik vakillari bilan navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda deputat mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, infratuzilma, ichimlik suvi, yo‘llar holati, ishsizlik kabi bir qator masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Mahalla yettiligi vakillari esa o‘z hududlarida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Uchrashuvda ayniqsa, yoshlarga bo‘lgan e’tibor, bandlik masalalari, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, xonadonlarda ijtimoiy holatni o‘rganish kabi yo‘nalishlarda amaliy ishlar boshlanishi ta’kidlandi. Deputat masalalarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish va hal etishda o‘zining amaliy yordamini ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Slide 1 of 3