Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyatida tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30 -yanvardagi
PF-17-sonli Farmoniga asosan, Uzun tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan hisoboti eshitildi.
Mazkur masala komissiya a’zolari va mas’ullar tomonidan atroflicha muxokama etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi