Новости

♻️Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi

✨Joriy yil 11-iyul kuni bo'lib o'tgan Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishida:

✅ 2025-yil II chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to'g'risidagi;

✅ Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil maqbullashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar to'g'risidagi;

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2025-yil 27-fevralda o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishi 6-bayoniga asosan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi maqbullashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar muhokama etildi.

Shuningdek, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i D.Mamadiyarovaning "2025-yilning o‘tgan davri davomida kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Slide 1 of 2