Новости

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida ichki yoʻllar masalasi muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida ichki yoʻllar masalasi muhokama qilindi.

Unda deputatlar va tuman hokimligi masʼullari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha manzilli dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida masʼullar hisoboti tinglandi. Joriy yilda tumanda ichki yoʻllarni shagʻallashtirish va taʼmirlash uchun qariyb 4 mlrd soʻm yoʻnaltirilmoqda. 32 ta mahallada ichki yoʻllar infratuzilmasi yaxshilanadi. Ushbu jarayonda mahalla yettiligi va deputatlar tomonidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Slide 1 of 5