Новости

DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

 Nurota tuman politexnikumining G‘ozg‘on shahar filialida tahsil olgan o‘quvchilar muvaffaqiyatli bitirib, boshlang‘ich professional ta’lim diplomlarini qo‘lga kiritishdi.
Tadbirda xalq deputatlari G`ozg`on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev ishtirok etib, bitiruvchilarning kelajakdagi maqsad va rejalari bilan o`rtoqlashdi,
ularning kelgusidagi faoliyatlari uchun kerakli maslahatlar berildi.
 

Bundan tashqari tadbirda G‘ozg‘on shahar hokimi o‘rinbosari R. Shodiyev, filial rahbari A. Hojiyev, shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Sh. Raxmonov,
shuningdek politexnikumning kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Ergasheva
ishtirok etdi.

Marosim davomida bitiruvchilarning bilimga bo‘lgan intilishi, kelgusi faoliyatlariga bo‘lgan ishonch va umidlar alohida ta’kidlandi.  

Slide 1 of 5