Новости

Fuqarolar murojaati deputat nazoratida

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Dushayeva Nazokat Sharofitdinovna tomonidan "Tinchlik MFY" Nurli yo'l ko'chasi fuqarolarining murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o'rganish olib borildi. Fuqarolarning murojaatlarida fuqarolarning yashash hududlarida o'rnatilgan gaz quvuri va GRPidan chiqayotgan gaz isini bartaraf etilishida amaliy yordam ko'rsatilishi so'ralgan. Deputat tomonidan tuman gaz bo'limi hodimlari bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish chora-tadbirlari ko'rildi.