Sayyor qabulda mahalla aholisi faol ishtirok etib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, turmush sharoitlarini yaxshilash, ish bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bilan chiqishdi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning har bir murojaati eshitilib, ularni joyida hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, ayrim murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi va nazoratga olindi. ️Mazkur sayyor qabul fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning dard-u muammolarini eshitish va hal etishga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy muloqot shakli bo‘lib xizmat qildi.