Yoshlar bilan ekologik qadriyatlar haqida suhbat
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi tomonidan 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ekologik tarbiyani milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, xalqimizning asrlar davomida shakllangan tabiatga mehr, ona zaminni asrashga oid an’anaviy qarashlarini zamonaviy ekologik tafakkur bilan uyg‘unlashtirish masalalari keng yoritildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarining fikr-mulohazalari va tabiatni asrash bo‘yicha takliflarini bildirdilar. Ular ekologik loyihalar doirasida daraxt ekish, maktab hududini obodonlashtirish, chiqindilarni saralashga oid tashabbuslarni ilgari surishdi.