Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun shashka va shaxmat bellashuvi tashkil etildi.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT vakili ishtirokida ijtimoiy xodim ish faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan sog’lom ovqatlanish tadbiri tashkil qilindi.
янв.21
Poyjo’y mahallasida yangi maktab qurilishi deputat nazoratida.
янв.21
Tumanda o’tkazilgan buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti natijasi bilan deputat borib tanishdi.
янв.21
"AJRIM — YECHIM EMAS!" tadbirida deputatlar faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Deputat bepul tarqatilayotgan dorilar holati bilan tanishdi. Tibbiyot muassasalarida mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning saqlanish sharoiti hamda aholiga o’z vaqtida va to’liq yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Toshrabot MFYda ijtimoiy xodim ish faoliyati deputat e’tiborida.. Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayniqsa ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko’rsatish masalalari doimiy e’tibor markazida bo’lib kelmoqda.
янв.21
Mahalla hokim yordamchisining ish faoliyati deputat ishtirokida ko’rib chiqildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi. 18-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
#24_ta_masala yuzasidan Deputat hududdagi ijtimoiy soha holatini o‘rgandi.

📍 Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Tangirov Uktam Ummatkulovich tomonidan saylov okrugida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🏥 O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari hamda dori-darmon ta’minoti masalalari atroflicha tahlil qilindi.

⚖️ Deputat tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi hamda ushbu masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, ijtimoiy sohada mavjud muammolarni joyida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

http://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 9