Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Poyjo’y mahallasida yangi maktab qurilishi deputat nazoratida.

Poyjo’y mahallasining yillar davomidagi eng katta orzusi haqiqatga aylanmoqda. Shu kunlarda mazkur hududda xalq deputatlari tuman Kengashi 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva ishtirokida yangi ta’lim muassasasining qurilish jarayonlari atroflicha o’rganildi.

Ilgari mahalladagi 700 nafarga yaqin maktab o’quvchisi bir necha chaqirim yo’l bosib, katta magistral yo’l orqali 19-maktabga qatnashga majbur edi. Bu nafaqat bolalar uchun charchoq, balki har bir ota-ona uchun doimiy xavotir manbai edi.

"Mahallada yangi maktab qurilayotganini eshitib, ayniqsa, onalarning boshi osmonga yetdi. Katta yo’l bo’ylab bolalarning qatnovi bizni doim xavotirga solardi. Bu mahallamiz uchun haqiqiy bayram bo’ldi", — deydi mahalla xotin-qizlar faoli Roziya Rahimova.

Deputat o’rganishlari davomida qurilish ishlarining sifati va sur’ati bilan yaqindan tanishdi. Hozirda "Bobur Azamat Temur" MChJ quruvchilari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

O’quv korpusi va yordamchi binolar poydevorini qo’yish;

Qishki va yozgi sport inshootlari, oshxona hamda ustaxona binolarini barpo etish;

Ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirish.

Ish yurituvchi Temir Ikromovning ta’kidlashicha, ayni paytda obyektda 50 nafar mutaxassis — beton quyuvchilar, duradgor va ustalar mehnat qilmoqda. Ish sifati va unumdorligi doimiy nazoratda.

Umumiy qiymati 11 milliard so’m bo’lgan ushbu zamonaviy maktab binosi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Deputat o’rganish yakunida qurilish sur’atini susaytirmaslik va sifatga alohida e’tibor qaratish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi. Bu maskan nafaqat bilim maskani, balki Poyjo’y ahli uchun davlatimiz tomonidan berilgan eng go’zal bayram sovg’asi bo’ladi.
 

Slide 1 of 1