Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun shashka va shaxmat bellashuvi tashkil etildi.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT vakili ishtirokida ijtimoiy xodim ish faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan sog’lom ovqatlanish tadbiri tashkil qilindi.
янв.21
Poyjo’y mahallasida yangi maktab qurilishi deputat nazoratida.
янв.21
Tumanda o’tkazilgan buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti natijasi bilan deputat borib tanishdi.
янв.21
"AJRIM — YECHIM EMAS!" tadbirida deputatlar faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Deputat bepul tarqatilayotgan dorilar holati bilan tanishdi. Tibbiyot muassasalarida mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning saqlanish sharoiti hamda aholiga o’z vaqtida va to’liq yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Toshrabot MFYda ijtimoiy xodim ish faoliyati deputat e’tiborida.. Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayniqsa ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko’rsatish masalalari doimiy e’tibor markazida bo’lib kelmoqda.
янв.21
Mahalla hokim yordamchisining ish faoliyati deputat ishtirokida ko’rib chiqildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi. 18-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda

Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda

2026-yil 17-fevral kuni xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Chorshanbiyeva “Mirzo Ulug‘bek” mahalla xodimlari bilan hamkorlikda mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar va maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirdilar. 

Ushbu tadbirda “Mirzo Ulug‘bek” mahallasining ichki ko‘chalari holati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va atrofidagi maydonlarning tozaligi, tungi yoritish chiroqlarining mavjudligi, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarga ijobiy yechim topish borasida esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Slide 1 of 3