Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda Bag‘dod tumani Kengashi deputati A.Sirojiddinov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bag‘dod tumani Kengashi bilan hamkorlikda tumandagi Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, shuningdek, mahallaning mavjud muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.