Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosi, Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasidagi dolzarb vazifalar, tumanda 2024-yil yakunlari bo‘yicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati, Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tumanda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qаrorining 2024-yil davomida Jondor tumanidagi ijrosi, Jondor tumani mahalliy budjetining 2024-yil ijrosi, daromadlari va xarajatlari rejasiga o‘zgartirishlarni kiritish, 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, Jondor tumani mahalliy budjetining 2025-yil boshida hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi har bir masala sessiya ishtirokchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, ma’ruzachilarga berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi va tegishli mutasaddilarga belgilangan vazifalarni o‘z muddatida, sifatli hamda og‘ishmay ado etishda shaxsan mas’ulliklari uqtirib o‘tildi.  

Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10