Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi raisi H.Xojixonov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Sobirov tomonidan 12-Avazboy saylov okrugi hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida Avazboy MFY hududida faoliyat yuritayotgan Avazboy oilaviy shifokorlik punkti faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
🔹Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni, mazkur qonun ijrosini ta'minlashga qaratilgan Prezident farmonlari, Prezident qarorlari hamda Hukumat qarorlarining muassasada ijro etilishi holati o‘rganildi. Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas'ullar bilan atroflicha muhokamalar olib borildi.
🔹O‘rganish jarayonida muassasaning yangi qurilgan binosini zamonaviy tibbiy jihozlar hamda yumshoq mebellar bilan ta'minlash uchun Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining 2026-yil 18-may kungi № VII-21-30-11-158-K/26 sonli qarori bilan ajratilgan 150 million so‘m mablag‘ning maqsadli va samarali sarflanishi ham joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda birlamchi tibbiy muassasalar faoliyatini takomillashtirishga oid ilgari qabul qilingan Kengash qarorlari ijrosining amaldagi holati monitoring qilindi. Qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda ijrosi sust bo‘lgan masalalar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🔹Deputatlik nazorati davomida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash, fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish ustuvor vazifalardan biri ekani alohida ta'kidlandi.
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi tomonidan qonunlar, Prezident va Hukumat hujjatlari, shuningdek, Kengash qarorlari ijrosi ustidan tizimli monitoring va deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1