Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputati D.Xusanov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Abdullayeva tomonidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Jumladan:
— Navoiy MFYda yashovchi fuqaro R.Boboyeva uy-joy qurilishiga moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan;

— Yangi avlod MFYda yashovchi fuqaro Z. Xuddiyeva profilaktik inspektor xatti-harakatlaridan norozi ekanligini bildirgan.

Mazkur murojaatlar deputatning “ko‘chama-ko‘cha yuritish” daftariga ro‘yxatga olindi va joyiga chiqib o‘rganildi.

✔️ O‘rganish davomida:
— R. Boboyevaga uy qurilishiga yordam masalasida homiylarni jalb etish orqali amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi tushuntirildi;

— Z. Xuddiyevaga esa murojaati yuzasidan tuman IIB rahbariyatiga murojaat qilish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Barcha murojaatlar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1