Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, muntazam jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishning inson salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr almashdilar hamda badantarbiya mashqlarida faol ishtirok etdilar.
Bunday tadbirlar aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy faollikni keng targ‘ib etish va salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.