Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
Deputatlik faoliyati: Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Deputatlik faoliyati: Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati va qulayligini o‘rganish maqsadida tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO organlari faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R. Djumanova, kotibiyat mudiri B. Baxovadinov hamda deputatlar K. Djumanazarova va D. Zulyarovalar ishtirok etdilar.

Nazorat tadbiri davomida deputatlar Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda murojaatchilar uchun qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, xizmatlar sifati, ularning tezkorligi va aholining murojaatlari bilan ishlash tizimiga alohida e’tibor qaratildi.

Markaz va FHDYO organlari xodimlari tomonidan davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, joriy etilgan yangi xizmatlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan zamonaviy qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4