Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 2026-yil ish rejasiga muvofiq navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi hamda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti oldidan joylarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.Ana shunday o‘rganishlardan biri Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputati Yoqubova Xusnora Abduxamidovna ishtirokida “Qizilsoy” mahallasida tashkil etildi.O‘rganish davomida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, “Mahalla yettiligi” hamkorligida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hamda profilaktika inspektorining xizmat faoliyati atroflicha tahlil qilindi.Muhokamalarda “Qizilsoy” mahallasida joriy yilning o‘tgan davrida birorta ham jinoyat holati qayd etilmagani ta’kidlanib,bu natijaga tizimli profilaktik ishlar, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda jamoatchilik hamkorligi orqali erishilgani qayd etildi. Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududga jami 16 ta zamonaviy videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgani, jumladan 13 ta yuzni aniqlovchi, 2 ta avtomobil davlat raqamlarini aniqlovchi hamda 1 ta 360 daraja aylanuvchi kuzatuv kamerasi ishga tushirilgani ma’lum qilindi.Muloqot chog‘ida profilaktika inspektori tomonidan yoshlar bilan muntazam profilaktik uchrashuvlar tashkil etilayotgani, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda alohida nazoratdagi fuqarolar bilan individual ishlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.Yakunda deputat tomonidan tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash zarur bo‘lgan hududlarga qo‘shimcha yoritish moslamalarini o‘rnatish yuzasidan takliflar berildi.Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi hamda sessiyada tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisobotini xolis va atroflicha ko‘rib chiqish, hududlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 4