Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
Birlashgan mahaalasidagi Madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi Sh.Tursunqulov, Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov, kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda tuman deputati G.Suvonqulovalar tomonidan Birlashgan mahallasida joylashgan Madaniyat markazi faoliyati va unda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, binodan foydalanish holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish sifati tahlil qilindi.
Tahlillar natijasida Madaniyat markazida yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilmayotganligi, xususan, yong‘in xavfsizligi qutilari va ularning jihozlanish holati belgilangan talab darajasiga javob bermasligi aniqlandi. Bu esa favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda tezkor chora ko‘rish imkoniyatlarini cheklashi va fuqarolar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
Mazkur holat yuzasidan mas’ullarga tanqidiy ogohlantirishlar berildi hamda yong‘in xavfsizligi vositalarini belgilangan me’yorlar asosida qayta jihozlash, kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va bu boradagi nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
O‘rganish yakunida muassasada xavfsizlik talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Slide 1 of 5