Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi Sh.Tursunqulov hamda Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayevlar tomonidan Birlashgan mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi tahlil qilindi.
Tahlillar davomida ayrim yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligi, ayniqsa, murojaatlar ijrosini nazorat qilish, aholini tadbirkorlikka jalb etish va ijtimoiy daftarlar bilan ishlashda kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari tomonidan ayrim vazifalar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish hamda hisobot va monitoring ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish va mahalla yettiligi faoliyatini yana-da takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

Slide 1 of 6