Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati E.Nazarov tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy xizmatlardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ehtiyojmand fuqarolarga birlamchi dori vositalari yetkazib berish, ularni bepul tibbiy ko‘rik va davolanish jarayonlariga yo‘naltirish bo‘yicha manzilli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, soha mutasaddilari bilan hamkorlikda aholining murojaatlari o‘rganilib, salomatligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Deputat tomonidan inson qadrini ulug‘lash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Bunday xayrli va amaliy ishlar jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, aholining turmush farovonligi hamda salomatligini ta’minlashga xizmat qilmoqda

Slide 1 of 1