Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi

❗️"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov hamda kotibiyat xodimlari tomonidan "Ahil" MFY mahallasida mahalla yettiligi vakillari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim hamda profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

📝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash, ichimlik suvi va kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, hududni obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, bolalar sport maydonchalari, jamoat transporti hamda aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi.

🔎 Deputat A.Xasanov har bir murojaatni alohida tinglab, ularning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rgandi. Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa deputatlik nazoratiga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

📁 Shuningdek, uchrashuvda mahalladagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish, mahalla hududida qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Yakunda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish va hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy hamda infratuzilmaviy masalalarni amaliy hal etish Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5