Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari I.Karimova hamda S.Bekmurodovalar hududda aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning salomatligini tiklash, tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, sog‘lig‘ini tiklashga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar asosida joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilishi, bu borada mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 2