Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova tomonidan Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Yosh matematiklar” to‘garagi faoliyati o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida to‘garak mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🔷Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Nurobod tumanida yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan olib borilmoqda.

🔷O‘rganishlar davomida yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni fan, sport, madaniyat va san’atga keng jalb etish, iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar tahlil qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔷Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida belgilangan chora-tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlash va yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari doimiy nazoratda bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3