Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
✔️ Fuqarolar murojaatlari amalda o‘z yechimini topmoqda.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich tomonidan Tirsakobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida saylovchilar bilan olib borilgan uchrashuvlar va o‘rganishlar davomida gaz quvurlarining aholi harakatlanishi uchun noqulay joylashgani fuqarolarning haqli e’tiroz va murojaatlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi.

✔️Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi. Natijada gaz quvurlari belgilangan texnik talablar asosida ko‘tarilib, piyodalar harakatiga to‘sqinlik qilayotgan muammo to‘liq bartaraf etildi.

⚡️Shuningdek, mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar hamda fuqarolarni ish bilan ta’minlash yuzasidan mavjud muammolar o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi ishlar deputat tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7