Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
AHOLI MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA.

AHOLI MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yo‘ldosheva tomonidan fuqarolar murojaati tinglandi.

Murojaat davomida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi M. Choriyeva bilan birgalikda Yangi turmush mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Jumladan, mahalladagi Buyuk kelajak ko‘chasiga transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy yo‘l to‘siq o‘rnatish bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, masalani amaldagi tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli choralarni belgilash uchun mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1