Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
#sorov_ijrosi ➕ “Mitan” hududiy filialidagi oqova suv tarmog‘i ta’miri yakuniy bosqichda

👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Kiyamov Nurali Kuvandikovichning deputat so‘roviga asosan Ishtixon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli “Mitan” hududiy filialida amalga oshirilayotgan oqova suv tarmog‘ini mukammal ta’mirlash ishlari yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.

📝 Javob xatida qayd etilishicha, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida “Yagona buyurtmachi xizmati” DM buyurtmasi bilan amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 1 mlrd 59 mln so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

🚧 2026-yil I choragi davomida:

🔹 nosoz uchastkalar aniqlanib kovlash ishlari bajarildi;

🔹 eski quvurlar demontaj qilindi;

🔹 yangi oqova suv quvurlari yotqizildi;

🔹 zamonaviy talablarga mos kanalizatsiya tizimi o‘rnatildi.

⏳ Hozirgi kunda ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga yetgan bo‘lib, obyektni 2026-yil may oyida to‘liq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

✅ Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida “Mitan” hududiy filialida sanitariya holati yaxshilanib, tibbiyot muassasasida yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1