Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI SHAHAR KENGASHI ISHTIROKIDA OLIB BORILDI

 SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI SHAHAR KENGASHI ISHTIROKIDA OLIB BORILDI

Bugun Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi tomonidan viloyat Kengashi sessiyasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Namangan shahridagi “Sardoba” bozori hududida aholi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish maqsadida qurilayotgan zamonaviy yer usti piyodalar yo‘lagi (ko‘prik) qurilishi uchun ajratilgan mablag‘lar ijrosi joyida o‘rganildi. Qurilish ishlari holati, mablag‘larning maqsadli va o‘z vaqtida sarflanishi, loyiha-smeta hujjatlariga rioya qilinishi hamda qurilish sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati O. Yusupov, shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat N. Ubaydullaev, shuningdek, Kengash kotibiyati xodimlari faol ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh — Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi I. Ikromov, komissiya raisining o‘rinbosari R. Egamberdiev, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari U. Urmanova va boshqa mas’ul xodimlar ham ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida ayrim tashkiliy va texnik kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Loyihani belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi va tegishli takliflar taqdim etildi.

Shahar Kengashi deputatlari tomonidan bunday o‘rganish va nazorat tadbirlari muntazam olib borilib, sessiya qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati mustahkamlanmoqda.

Slide 1 of 9