Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati J.Mamajonov tomonidan Polvonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
“PARKENT TONGI” GAZETASINING 2026-YIL 2-APREL SONIDA:MAHALLIY VAKILLIK HOKIMIYATI ORGANLARINING MAHALLIY IJRO ORGANLARI BILAN HAMKORLIGI.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib, aholining xabardorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda eng samarali vositalardan biri sifatida xizmat qilmoqda.Ana shunday nufuzli nashrlardan biri tuman hokimligi muassisligidagi “PARKENT TONGI” gazetasi hozirgi kunda 5630 nusxada chop etilib, keng jamoatchilikni dolzarb yangiliklar bilan muntazam ta’minlab kelmoqda. Gazetaning 2026-yil 2-aprel, 13-sonida “Sessiya bo‘lib o‘tdi” rukni ostida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi batafsil yoritildi. Maqolada sessiya jarayoni, unda muhokama qilingan dolzarb masalalar hamda qabul qilingan qarorlar keng tahlil etilgan. Jumladan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan muhim yo‘nalishlar kun tartibidan o‘rin oldi. Alohida ta’kidlash joizki, deputatlar tomonidan mahalliy vakillik hokimiyati organlari hamda mahalliy ijro etuvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, ijro organlari faoliyati ustidan samarali nazoratni amalga oshirish, qabul qilinayotgan qarorlarning joylarda to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash zarurligi qayd etildi. 

Slide 1 of 1