Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zMTDP partiyasidan 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
👥 Shuningdek, mahallalarda aholi bilan manzilli ishlash, muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan individual profilaktik tadbirlarni olib borish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
🏘 Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, jinoyatchilikka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni manzilli hal etish zarurligi ta’kidlandi.
📌 O‘rganish jarayonida hududdagi kriminogen vaziyatni yanada yaxshilash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “qizil” va “sariq” hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli masalalar muhokama qilindi.
🤝 Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mahalla yettiligi, profilaktika inspektorlari hamda tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda manzilli o‘rganish va profilaktik tadbirlarni davom ettirish belgilab olindi.
✅ Mazkur o‘rganishlar hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keluvchi omillarni bartaraf etish hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi