Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
🏘 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev tomonidan 2026-yil 18-sentabr kuni “Kattatepalik” mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari, jumladan, mahalla raisi va hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy va hamkorlikdagi vazifalari hamda mahalla faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.
🔎 Jumladan, mahalla raisining hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muvofiqlashtirish, aholi bilan muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mahalladagi mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi.
💼 Hokim yordamchisining esa mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etishdagi faoliyati o‘rganildi.
🤝 Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik va vazifalarni o‘zaro muvofiqlashtirish, aholi muammolarini birgalikda aniqlash va ularni manzilli hal etish mexanizmlarining amaliyotdagi holati tahlil qilindi.
📋 O‘rganish jarayonida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ishlashni kuchaytirish va mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Yakunda mahallada “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish hamda aholining muammolarini tezkor va manzilli hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi