Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi

Ushbu hududga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qarori bo‘yicha Quvasoy shahri “Guliston” va “H.Olimjon” MFYlarida ichimlik suvi tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan. “Suv ta’minoti va oqava suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injinering kompaniyasi” UK buyurtmasi asosida Pudratchi “Vodiy kelajak avlod” MCHJ tomonidan tarmoq tortish ishlari amalga oshirilgan.
Quruvchi tashkilot tomonidan tortilgan ichimlik suvi tarmog‘i va montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi sababli, hozirgi kunda ushbu tarmoqda juda ko‘p nosozliklar (avariyalar) sodir bo‘lmoqda.
Ushbu holat yuzasidan “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Quvasoy shahar filiali avariya brigadasi xodimlari tomonidan aniqlangan muammolar bartaraf etildi.
️Quruvchi tashkilot mutasaddilariga holatni to‘liq bartaraf etish va kelajakda ushbu muammolar qayta takrorlanmasligi bo‘yicha tegishli ogohlantirish berildi.

Slide 1 of 1