Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
PIYODALAR UCHUN QULAYLIK YARATILMOQDA — QURILISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati H.Qudratov tomonidan Do‘stlik MFYning Pastkichaqir qishlog‘ida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi asosida qurilayotgan piyodalar yo‘lagidagi qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida piyodalar yo‘lagini barpo etish jarayoni, qurilish ishlarining borishi, yo‘lakning belgilangan hudud bo‘ylab joylashtirilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish holati, piyodalar yo‘lagi bo‘ylab yetarli yoritishni ta’minlash, ayniqsa, kechki va tungi vaqtlarda fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur sharoit yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Qurilish ishlarini sifatli olib borish, piyodalar yo‘lagining davomiyligini ta’minlash, hududni obodonlashtirish hamda tungi yoritish tizimini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni uyg‘unlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida piyodalar yo‘lagini sifatli yakunlash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, hududdagi xavfsizlikni ta’minlash va aholiga yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur ishlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, jumladan, piyodalar yo‘lagining foydalanishga topshirilishi hamda tungi yoritish tizimining yo‘lga qo‘yilishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 3