Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
SIFATLI TIBBIY XIZMAT — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tuman tibbiyot birlashmasi rahbari A. Kenjayev bilan birgalikda muassasaning terapiya bo‘limida bo‘lib, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, shifokor va tibbiyot xodimlarining faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda davolash jarayonining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, terapiya bo‘limida dori-darmon vositalarining mavjudligi, ularning saqlanish holati va bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan aholiga tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish, dori-darmon ta’minotini muntazam nazorat qilish, bemorlar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2