Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
BEMOR KELADIGAN YO‘L — E’TIBORDAN CHETDA QOLMASLIGI KERAK!

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tuman tibbiyot birlashmasi hududida bo‘lib, bemorlar va tibbiyot xodimlari harakati uchun muhim bo‘lgan ichki yo‘llarning holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida hududdagi ichki yo‘llarni tekislash, obodonlashtirish va harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Yo‘lning holati — oddiy masala emas. Bu, avvalo, bemorlarning tibbiyot muassasasiga xavfsiz va qulay yetib kelishi, shuningdek, tibbiyot xodimlari hamda xizmat transportlarining erkin harakatlanishi uchun muhimdir.

Deputat tomonidan ichki yo‘llarni sifatli tekislash, hududni tartibga keltirish va boshlangan obodonlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Muhimi, masala shunchaki o‘rganish bilan cheklanmay, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash maqsadida deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2