Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTI O‘RGANILDI

VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashini Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlar markazida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tarbiyachilarini biriktirish amaliyoti o‘rganildi.
O‘rganish davomida voyaga yetmaganlar bilan individual ishlash, ularning ijtimoiy muammolarini aniqlash, oilaviy muhitini o‘rganish, jamoat tarbiyachilarini biriktirish hamda tarbiyaviy-profilaktik ishlarni tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi.
Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalla va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 339-son qarori talablari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.