Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalar — yangi muhit

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-“Alpomish” saylov okrugidan saylangan deputati, Kotibiyat mudiri A.Ashurov
tomonidan Alpomish mahallasida fuqarolar bilan sayyor muloqotlar o‘tkazilib,
aholini qiynab kelayotgan muammoli masalalar ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganildi.
 

  

O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi xonadonlar holati, fuqarolarning
kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, obodonlashtirish va infratuzilma bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan aholi bilan bevosita suhbatlar tashkil etildi.
 

  

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglanib,
ularning yechimini topish talab etiladigan masalalar belgilab olindi.
Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda
bartaraf etish, ijrosini nazoratga olish hamda natijasi bo‘yicha fuqarolarga
ma’lumot berish choralari ko‘rilmoqda.
 

  

Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi —
fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda
o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni
amaliy yechimga yo‘naltirishdan iborat.
 

  

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” g‘oyasi asosida mahallalarda obodonlik, farovonlik va aholi uchun qulay
shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati orqali
izchil davom ettirilmoqda.
 

   

Slide 1 of 1