Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi. Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 19-Xushali saylov okrugi deputati F.Bektemirov, doimiy komissiya a’zolari hamda mahalla yettiligi a’zolari hamkorligida hududda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida monitoring tadbiri o‘tkazdi. 

🔹 O‘rganishlar davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga tashrif buyurilib, korxona va tashkilot rahbarlari hamda xodimlar bilan suhbatlar olib borildi.
🔹 Suhbatlar jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 3